Hava Durumu
SAN’AT, BOLALIK VA BEG‘UBORLIK BAYRAM

O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida “Yangi avlod – 2011” bolalar ijodiyoti respublika festivalining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda festivalning tuman bosqichlari g‘oliblari ishtirok etdi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yuksak samaralar bermoqda. Bu jarayonda navqiron avlodning iste’dodini o‘z vaqtida aniqlash, yuzaga chiqarish uchun barcha zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Yangi avlod” festivali qobiliyatli o‘g‘il-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularning ijodiy izlanishlari bilan xalqimizni yaqindan tanishtirishdek ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Ayni paytda mazkur festival musiqa va san’at sohasidagi ta’limni yanada yaxshilash, bu yo‘nalishdagi maktablar, maktabdan tashqari badiiy ijodiyot markazlari faoliyatini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Festivalning Toshkent shahar bosqichi ham yuksak saviya va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Festivalda ishtirok etish uchun poytaxtimiz o‘quvchi-yoshlaridan jami 4,5 mingdan ziyod ariza tushdi. San’at, bolalik va beg‘uborlik bayrami davomida olti yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan qatnashchilar musiqa cholg‘ulari ijrochiligi, xonandalik, tasviriy va amaliy san’at, xoreografiya, badiiy ijod kabi yo‘nalishlarda o‘z mahoratini namoyish etdi. Maktab o‘quvchilarining kuzgi ta’til kunlariga to‘g‘ri kelgan festival doirasida bolalar badiiy jamoalarining rang-barang konsertlari, ko‘rgazmalar, mahorat saboqlari, Toshkent shahrining diqqatga sazovor maskanlariga, muzey va teatrlarga sayohatlar tashkil etildi.

– Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda bolalarga ko‘rsatilayotgan mehr-e’tibor, alohida g‘amxo‘rlik mana shunday keng qamrovli loyihalarning o‘tkazilishida yana bir karra yaqqol namoyon bo‘lmoqda, – deydi V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi direktori Dildora Jamolova. – Mazkur festival bolalar ijodini yangi bosqichga olib chiqib, ularni yuksak marralar sari ilhomlantirmoqda.

Dilshod va Shamshod Isayev Toshkentdagi 21-bolalar musiqa va san’at maktabida o‘qiydi. Aka-uka bir necha yildan buyon g‘ijjakda milliy musiqa ijrochiligi sirlarini puxta egallab kelmoqda. Ular o‘tgan yili M.Qoriyoqubov nomidagi yosh sozandalarning respublika tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

– “Yangi avlod” – barcha bolalarning sevimli festivali, – deydi Dilshod. – Negaki, bu bayram katta sahnalarda musiqa ijro etish, tengdoshlarimizning ijodi bilan yaqindan tanishishga imkoniyat yaratmoqda. Biz festivalda “Navro‘zi ajam”, “Cho‘li iroq”, “Kezarman” singari xalq kuylarini ijro etdik. Mohir musiqachi va bastakorlarning maslahatlaridan bahramand bo‘ldik.

Tanlov g‘oliblariga diplom va sovg‘alar topshirildi, ular festivalning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

O‘zA, 11.11.2011

  
2508 kez okundu

Yorumlar

Henüz yorum yapılmamış. İlk yorumu yapmak için tıklayın
Saat
Takvim
Döviz Bilgileri
AlışSatış
Dolar5.87655.9000
Euro6.52106.5471