Hava Durumu
Anlık
Yarın
21° 35° 19°
TÜRK DÜNYASINDAN BİR YILDIZ DAHA KAYDI “NASRİDDİN MUHAMMADİEV” HAKKA YÜRÜDÜ

Değerli Dostum, yüzünden gülümseme eksik olmayan güzel insan Nasriddin Muhammadiev 5 Temmuz sabahı vefat etti.

1996-1999 Yılları arasında, Özbekistan’în Ankara Büyükelçiliği’nde Basın müşaviri olarak görev yapan ve “ÖZBEKİSTAN KILAVUZU” Kitabını beraber hazırladığımız; Türkiye’de Özbekistan konusunda ilk kitaptı.

Son olarak, 2005 yılından itibaren Taşkent’de  Özbekistan Uluslararası Medeniyet Merkezi Başkanı olarak görev yapıyordu.

Özbekistan tarafından sevilen ve sayılan Türk Dünyasına büyük hizmetleri olan; dostumu rahmet ve şükranla anarken; ailesine ve sevenlerine başsağlığı dilerim. Aşağıda biyografisini verirken, MEKANININ CENNET OLMASINI ALLAHTAN NİYAZ EDERİM.

Süleyman MERDANOĞLU

 N. MUHAMMADİEV; 1946 yilning 2 dekabrida Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ qo‘rg'onida o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. 1968 yili Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirib, "Toshkent oqshomi" gazetasi tahririyatida o‘z mehnat faoliyatini boshladi.
1969-70 yillarda harbiy xizmatda bo‘ldi va undan qaytib yana "Toshkent oqshomi" gazetasidagi ishini davom ettirdi. Milliy universitetning sharqshunoslik fakulteti qoshidagi kechki 2-yillik fors tili kursini bitirib, 1976-79 yillari Eronda fors tili tarjimoni bo‘lib ishladi.
1983 yili "Yoshlik" jurnaliga ishga o‘tib, 1985-93 yillari jurnalning mas’ul kotibi bo‘ldi. 1993 yili O‘zbekiston Milliy axborot agentligining xalqaro axborotlar tahririyati bosh muharriri etib tayinlandi.
1994 yili Tashqi ishlar vazirligiga ishga o‘tdi. Dastlab Matbuot xizmatida, keyinchalik "Jahon" axborot agentligida faoliyat olib bordi.
1995 yili Berlinda xalqaro jurnalistika bo‘yicha ikki oylik kursni bitirdi.
1996-99 yillari O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida Matbuot kotibi bo‘lib ishladi. Elchixonadagi ishi davomida Anqara universitetining turk tilini o‘rganish markazida ta'lim oldi. Turk tilida "O‘zbekiston" qo‘llanmasini nashr etdi. Uning tashabbusi bilan Amir Temur va Alisher Navoiyga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi.
N.Muhammadiyev O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi (1972) va Yozuvchilar uyushmasi (1989) a’zosi, 20 dan ortiq she’riy va ilmiy-ommabop kitoblar muallifi. Matbuotda uning siyosiy va madaniy mavzulardagi maqolalari muntazam e’lon qilinadi.
1980-1996 yillari u O‘zbekiston televideniyesi va radiosining shtatsiz xalqaro sharhlovchisi sifatida tanildi.
1999-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining yetakchi konsultanti bo‘lib ishladi. 2005 yildan buyon Respublika baynalmilal madaniyat markazi direktori.
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi.

Насриддин Муҳаммадиев (Носир Муҳаммад) нинг
нашр этилган асарлари
Шеърлар
1. “Гулдаста”, баёз, “Ёш гвардия” нашриёти, 1971
2. “Ёшлик”, баёз, “Ёш гвардия” нашриёти, 1976
3. “Салом, келажак”, “Ёш гвардия” нашриёти, 1980
4. “Баҳор таронаси”, Ғ.Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1981
5. “Сенга интиламан”(жамоа), “Ёш гвардия” нашриёти, 1987
6. “Сумалакдан тош топдим”, Тошкент, 2004
7. «Шайтоннинг истеъфономаси», ҳажвий шеърлар, «Ниҳол” нашриёти, 2008
Рус тилида эълон ќилинган асарлар
1. “Истоки”, альманах, “Молодая гвардия”, Москва, 1977
2. “Вдохновение”, альманах,“Молодая гвардия”, Москва, 1979
3. “Истоки”, альманах, “Молодая гвардия”, Москва, 1980
4. “Поэзия”, альманах, “Молодая гвардия”, Москва, 1982
5. “Листья чинары”(коллектив), изд-во “Ёш гвардия”, 1988
6. “Тринадцатый стул”(коллектив), юмор. рассказы, Ташкент,1986
7. “Признание”, альманах, Ташкент, 2007
8. “Родники любви”, международный альманах, Ташкент, 2009
9. “Родники любви” (соотечественники), международный альманах, Ташкент, 2009
Насрий ва илмий-оммабоп китоблар, таржималар
1. “Эстетик идеал ва адабиёт”, Тошкент, 1973
2. “Оз-оз ўрганиб, доно бўлур”(Ш.Зуннун билан бирга), Тошкент, 1977
3. “Ozbekistan kilavuzu”(С.Мардонўғли билан бирга),турк тилида, Анқара, 1997
4. “Ҳикматлар”, Тошкент, 1999
5. “Ўзбекистон жаҳон ҳамжамияти сафида” (Ҳ.Муродов, Ғ.Жамолов билан бирга), Т. 2000
6. “Насаф ва Кеш алломалари”, Ғ.Ғулом номидаги нашриёт, 2001
7. “Тафаккур учќунлари”, Ғ.Ғулом номидаги нашриёт, 2002
8. “Анқони маҳрам қилдингиз…”, Алишер Навоий ижоди ҳақида мақолалар, “Маънавият” нашриёти, 2004.

Устоз билан видолашув 2017 йил 5 июл куни шоирнинг Юнусобод тумани, 19-мавзедаги хонадонида (Ёзувчилар уюшмаси аъзолари уйи) соат 18.00 гача бўлиб ўтади.

Paylaş |                      Yorum Yaz - Arşiv      120 kez okundu

Yorumlar

Henüz yorum yapılmamış. İlk yorumu yapmak için tıklayın
Saat
Takvim
Döviz Bilgileri
AlışSatış
Dolar3.54193.5561
Euro4.12574.1422