Hava Durumu
Anlık
Yarın
31° 34° 16°
O‘ZBEKİSTON RESPUBLİKASİ PREZIDENTİNİNG FARMONI

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma bir yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g‘oyani rivojlantirish, ma’naviyatimizni tiklash, o‘zligimizni anglash yo‘lida katta hissa qo‘shgan, yorqin iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlansin:

“O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi”
Muhamedov G‘afurjon Isroilovich – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori

“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti”
Uzaqbergenov Bazarbay – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali drama teatri aktyori
Eshchanov G‘afur Muhamedovich – Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi Xorazm viloyat bo‘limi “Maqom” ansambli badiiy rahbari
Eshchanov G‘ulomjon Muhamedovich – Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi Xorazm viloyat bo‘limi “Maqom” ansambli musiqa rahbari

“O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi”
Mamajonov Vohidjon Mahmudovich – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, amaliy bezak san’ati ustasi

“O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri”
Izbaskanov Jiyenbay – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Qaraqalpaqstan” nashriyoti bosh muharriri
Sharipov Husniddin – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi

“O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi”
Jalliyeva Guloyim Bebitovna – Buxoro viloyati Olot tumanidagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”
Ismailova Maryash Xojabergenovna – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri artisti

Qodirov Davron Ishimovich – Kattaqo‘rg‘on shahar Abdulhamid Majidiy nomidagi drama teatri aktyori
Sattorov Xolmurod Suyunovich – Qashqadaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri bosh rejissyori
Turdiyev Alisher Bahodirovich – “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi
Hamroyev Behzod Javlonovich – “O‘zbekfilm” kinostudiyasi aktyori
Shamsematov Faxriddin Yo‘ldoshevich – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanali rejissyori, aktyor
Yo‘ldosheva Gulbahor Tolibovna – O‘zbek davlat drama teatri aktyori

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi”
Aminova Munira Tursunxo‘jayevna – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti

Rafiqov Adham Salimovich – Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining tabiiy fanlar kafedrasi professori

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist”
Ashurov Salim To‘rayevich – “Turkiston” va “Molodej Uzbekistana” gazetalari bosh muharriri

Mullaboyev Toir Sobirovich – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali muharriri
Pak Liliya Leonidovna – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAning Respublika axboroti tahririyati bosh muharriri o‘rinbosari
Sobirov Abdulla Sobirovich – “Kuch – adolatda” gazetasining Xorazm viloyati bo‘yicha muxbiri
To‘laganov Nodir Abdusafiyevich – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Axborot” informatsion teledasturlar muharririyati bosh muharriri
Xolboyev Isroil Bahronovich – “Do‘stlik bayrog‘i” – “Znamya drujbы” gazetalari muxbiri

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”
Adilov Bahodir Komilovich – “O‘zbekfilm” kinostudiyasi postanovkachi rejissyori

Ahmedova Tuhfaxon Muhiddinovna – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mash’al” radiokanali diktori
Bo‘riyev Luqmon Karimovich – “Yoshlik” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari
Valiyev Hojimurod Muhamedjonovich – Respublika ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi badiiy rahbari, kinorejissyor
Madrahimov Erkin – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
Rahimov Alisher Akbarovich – Toshkent kulolchilik tajriba kombinati kulol rassomi
Saydullayev Temir – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom
O‘razboyeva Tozagul Shomurotovna – “Orazibon” folklor-etnografik xalq ansambli badiiy rahbari
Shukurov Eshqobil Jo‘rayevich – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi”
Sobirov Matkarim Bekchanovich – Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm filiali kardioxirurgiya bo‘limi mudiri
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”
Dusumbetov Muratboy Shamuratovich – Respublika Olimpiya zaxiralari kollejining milliy kurash bo‘limi katta murabbiy-o‘qituvchisi
Qo‘chqorov Lochin Sodiqovich – Namangan viloyati oliy sport mahorati maktabining boks bo‘yicha murabbiyi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”
Sayidov Ramziddin Beshimovich – Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi”
Yangiboyeva Ra’no Qoraboyevna – Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi 83-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
Abdurahmonova Dilbar G‘ulomovna – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri dirijyori
To‘rayev Abbosxon Sobirxonovich – O‘zFA Bioorganik kimyo instituti direktori

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Abdurahmonov Ergashboy – Samarqand davlat universitetining analitik kimyo kafedrasi professori

Azizov Sobit Qurbonovich – Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasining bo‘lim mudiri
Ahmedov Bobomurod Jo‘rayevich – O‘zFA Yadro fizikasi instituti yetakchi ilmiy xodimi
Bekbo‘tayeva Rixsi Nurmatovna – Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining Chirchiq shahar bo‘limi rahbari
Beknazarov Turg‘un Saidovich – Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqiy teatri aktyori
Iskandarova Sharifa Madaliyevna – Farg‘ona davlat universitetining tilshunoslik kafedrasi mudiri
Mahkamov Kozim Ergashevich – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining neyroxirurgiya bo‘limi rahbari
Murotxo‘jayeva Svetlana Qodirovna – “O‘zbekfilm” kinostudiyasi multiplikatsion filmlar postanovkachi rejissyori
Nazarova Zulayho Turobovna – Samarqand shahridagi 6-sonli Mehribonlik uyi tarbiyachisi
Sobirov Mirhamid Muhamedjonovich – Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti katta o‘qituvchisi
Sindorov Quroqboy Burhonovich – Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi “Tegirmonovul” qishloq vrachlik punkti mudiri
Tajimuratov Asanbay Seytmuratovich – Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi teleoperatorlar guruhi bosh rejissyori
Usmonov Qahramon Habibullayevich – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri simfonik orkestri rahbari
Hasanov Bayodilla Qahhorovich –Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on agroiqtisodiyot kollejining matematika fani o‘qituvchisi
Xudoyberdiyev Ahror Nosirovich – Respublika Onkologiya ilmiy markazi anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi mudiri
Yaqubova Dilorom Tojiyevna – Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 17-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining tarix fani o‘qituvchisi
Mamlakatimizda har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ishiga qo‘shgan katta hissasi hamda yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, sog‘lom turmush tarzi tamoyillari ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:
II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
Abdullayev Nurmahamat Usmonovich – Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tuman tibbiyot birlashmasi chaqaloqlar bo‘limi mudiri
Abdullayev Erkin Ibrohimovich – Xorazm viloyati Xiva tumanidagi 3-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabining kurash bo‘yicha murabbiyi
Madrahimova Zulfiya Sultonmahmudovna – Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limi hamshirasi
Navro‘zov Mahmadali – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filiali bolalar xirurgiyasi bo‘limi mudiri
Turmanova Lena Abdikairovna – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanidagi “Dauqara” qishloq vrachlik punkti mudiri

“Do‘stlik” ordeni bilan
Abdullayev Qobiljon Fozilovich – Andijon viloyati Qorasuv shahar tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi vrach-terapevti

Ayrapetyan Armen Iosifovich – “Ustozoda” unitar korxonasi ganchkor va shakl quyuvchi, kattalashtiruvchi ustasi
Ahmadaliyev Fayzullaxon – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom
Bagryanskaya Yanika Yurevna – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti
Djemilev Nusret Ablyakimovich – Toshkent shahar “Avdet” qrim-tatarlar milliy madaniy markazi raisi
Kazakova Galina Mixaylovna – Engil atletika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining murabbiy-o‘qituvchisi
Lebedeva Lyubov Vladimirovna – “Narodnoye slovo” gazetasi korrektori
Malikova Dilbar Mirsa’diyevna – Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi xor jamoasi badiiy rahbari
Nodirova Feruza Turdiyevna – O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi nodavlat telekompaniyalar teletarmog‘i muharriri
Ribar Irina Arkadevna – “Pravda Vostoka” gazetasi bo‘lim muharriri
Sodiqov Sherali – Respublika qozoq milliy madaniy markazi raisi o‘rinbosari
Saydumarov Saidakrom Ergashevich – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyining kimyo fani o‘qituvchisi
Saparov Valeriy Ibragimovich – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi estrada cholg‘u ijrochiligi kafedrasi katta o‘qituvchisi, kompozitor
Ulyanova Valentina Alekseyevna – Toshkent davlat musiqali komediya (operetta) teatri baletmeysteri
Umarova Dilorom Qo‘chqorovna – O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zosi, televideniye diktori
Shugurov Dmitriy Vladimirovich – Samarqand viloyati Tayloq olimpiya zaxiralari kollejining akademik eshkak eshish bo‘yicha murabbiy-o‘qituvchisi
Yusupova Komila Bo‘riyevna – Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasi katta muharriri
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy islohotlardagi faol ishtiroki, samarali mehnati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shgan hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Shuhrat” medali bilan
Abdullayev Ziyodulla Sa’dullayevich – O‘zbekiston davlat milliy simfonik orkestri zarbli cholg‘ular guruhi artisti

Abduqunduzova Valentina Nikolayevna – O‘zbek milliy akademik drama teatri grimyori
A’zamova Gulchehra Azizovna – O‘zFA Tarix instituti yetakchi ilmiy xodimi
Adilov Shuhrat Kamolovich – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Toshkent radioeshittirish uyi ovoz yozish xizmati boshlig‘i
Aliboyeva Zulxumor Temirovna – Jizzax viloyat kardiologiya dispanseri bo‘lim mudiri
Ahmadaliyev Orifjon Turg‘unpo‘latovich – Namangan viloyati Uychi tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining mehnat ta’limi o‘qituvchisi
Begmurodov Qodir – Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi Amir Temur qishloq vrachlik punkti mudiri
Beshimova Habiba Narzullayevna – Buxoro viloyati Romitan agrobiznes kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi ustasi
Bobomurodov Baxtiyor Boynazarovich – O‘zFA Astronomiya instituti “Maydanak” observatoriyaci tokari
Bo‘ronova Sayyora Mahmudovna – Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi bo‘lim mudiri
Jo‘raboyeva Muborak Ahmadjonovna – Respublika yosh tomoshabinlar teatri liboslar bo‘limi boshlig‘i
Drujinina Yelena Sergeyevna – Farg‘ona shahridagi 1-Bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabining gimnastika bo‘yicha murabbiyi
Jalolova Uldon Muzaffarovna – “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi buklov mashinasi mashinisti
Jumaniyazov Allambergan – “Amudaryo haqiqati” gazetasi mas’ul kotibi
Inoyatova Hamida Jo‘raqulovna – Respublika maxsus ijodiy ishlab chiqarish “Usto” uyushmasi Samarqand “Usto” sho‘ba korxonasi zardo‘z ustasi
Ismoilov Sharofiddin Nuriddinovich – “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi kitoblar majmuasi qirquv dastgohi mashinisti
Qobilova Ziyoda O‘tkirovna – “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi
Komilova Zulfiya Rahimjonovna – Namangan viloyat o‘lkashunoslik muzeyi metodisti
Kamolov Rasuljon Nazirovich – “Mahalla” gazetasining Farg‘ona viloyati bo‘yicha muxbiri
Karimov Abduhakim Qayumovich – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, miniatyurachi rassom
Qodirova Rayhon Urazovna – “Uchquduq” gazetasi muharriri
Komilova Zamira Mamirovna – Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 4-bolalar musiqa va san’at maktabining musiqa o‘qituvchisi
Kostrikina Antonina Vladimirovna – “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi muqovalovchisi
Kubayeva Dilnoza Oqilbekovna – O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori
Qo‘ziyeva Nazira O‘sarovna – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, kulol
Qo‘chqorova Xurshida Vahobovna – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi mas’ul kotibi
Latipov Qodirqul Jamolovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus qurilish kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi ustasi
Mamatqulova Mashkura Qudratovna – Toshkent viloyati Piskent tuman markaziy shifoxonasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi hamshirasi
Mamaturdiyev Dilshod Ne’matovich – O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi axborot markazining “Hudud” informatsion dasturi boshlovchisi
Matmurotov Quvondiq Ibodullayevich – Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi
Matchanov Nuraddin Azadovich – O‘zFA Fizika-texnika instituti yetakchi ilmiy xodimi
Matchanov Rashid Sabetovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi qoraqalpoq davlat san’at muzeyi ta’mirlash bo‘limi mudiri
Mirzayeva Gulbahor Qodirovna – Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining xirurgiya bo‘limi hamshirasi
Muhamedova Hilola Norxo‘jayevna – Respublika Markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasi bo‘lim mudiri
Nazarova Muqaddas Ko‘chkinovna – Surxondaryo viloyat xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi bo‘lim mudiri
Nasbidinov Mirzoahmad – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, o‘ymakor usta
Nasimov Hilol To‘lqinovich – “O‘zbekfilm” kinostudiyasi rejissyori
Norqulova Karima To‘xtaboyevna – Toshkent davlat texnika universitetining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori
Poziljonov Jahongir G‘ayratovich – “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi
Rajabov Adizjon Narzulloyevich – “O‘zbekfilm” kinostudiyasi aktyori
Rajabova Manzura Xalilovna – Buxoro viloyatlararo ixtisoslashtirilgan bolalar uyi hamshirasi
Safarov Mamadamin Abdug‘afforovich – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali Ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy dasturlar muharririyati bosh muharriri
Soliyev Ne’matjon – “Hunarmand” uyushmasi Namangan viloyat bo‘limi a’zosi, chinnisoz
Tojiboyeva Gavharxon Tilaboldiyevna – Andijon viloyati Buloqboshi tuman markaziy madaniyat uyi direktori
To‘rayeva Sayyora Xudoynazarovna –Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi qoshidagi xoreografiya kolleji o‘qituvchisi
To‘raxonov Baxtiyor Jo‘rayevich – Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi “Yoshlar” studiyasi bosh muharriri
Umarova Guljiyan Sa’dullayevna – “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi qog‘oz sexi ustasi
Umarova Dilbar Abdurasulovna – Toshkent viloyati Angren kimyo sanoati kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi ustasi
O‘roqov Jonuzoq Nurullayevich – Navoiy viloyati Xatirchi tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limi qishloq madaniyat uyi direktori
Hamdamov O‘tkir Rahmatillayevich – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazi direktori
Hikmatova Oynisa Shavqiyevna – Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining nemis tili fani o‘qituvchisi
Xoshniyazov Jalg‘asbay – O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlari ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim mudiri
Xudoynazarov Narziqul Xo‘janazarovich – Sirdaryo viloyati Boyovut tuman markaziy shifoxonasi reanimatsiya bo‘limi mudiri
Changboyev Archabek Jamanqulovich – Navoiy informatika va elektron sanoati kasb-hunar kolleji direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
Shokirov Zoir Soatovich – O‘zFA Mikrobiologiya instituti laboratoriya mudiri
Sharipova Zebiniso To‘lqinovna – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom
Yo‘ldosheva Dildora Komilovna – Toshkent viloyati Ohangaron tuman Qoraxitoy qishloq madaniyat uyi badiiy rahbari
Yunusov G‘aybulla Xayrullayevich – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Toshkent telemarkazi maxsus yoritish guruhi boshlig‘i,,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2012-yil 27 avgust

  
4612 kez okundu

Yorumlar

Henüz yorum yapılmamış. İlk yorumu yapmak için tıklayın
Saat
Takvim
Döviz Bilgileri
AlışSatış
Dolar5.68495.7077
Euro6.28036.3054