Hava Durumu
TILSIМLI DUNYO-Karim BAHRIEV

Bunda tunlar eng mitti terak

o’saverib yulduzga etar;

quvonchiga chidolmay kurtak

novdalarda yorilib ketar.

 

***

Bunda suvlar shildirab mangu

quchib yotar tuproqni xushbaxt;

bir tong zangor gulbarg bo’lar-u,

shovullaydi shamolda daraxt.

 

***

Bunda bari dilbar va shirin,

tiriklikka to’ymas - dil yarim...

Yurtdoshlarning qalbiga yaqin

yo’lni izlab o’tar kunlarim.

 

***

Faqat oqshom jimirlab samo

xayolimga quyadi bir g’am -

men sevgan shu tilsimli dunyo

kirmas sening tushlaringga ham.

 __________________________

*Karim BAHRIEV-O’zbekiston-1984

 

  
2046 kez okundu

Yorumlar

Henüz yorum yapılmamış. İlk yorumu yapmak için tıklayın
Saat
Takvim
Döviz Bilgileri
AlışSatış
Dolar5.87655.9000
Euro6.52106.5471