Hava Durumu
XALQARO MEHNAT TASHKİLOTİ O'ZBEKİSTONGA KİRİTİLADİMİ?

Nyu-Yorkda asoslangan xalqaro huquq tashkiloti Human Rights Watch Yevropa Ittifoqini O’zbekiston hukumatiga nisbatan bosimni oshirib, bu yilgi paxta terimi paytida Xalqaro Mehnat Tashkilotini (International Labor Organization) mamlakatga kirishi uchun harakat qilishga chaqirmoqda. 

Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirasi Ketrin Eshton va Daniya Tashqi ishlar vaziri Villi Soyndalga yo’llangan maktubda, nodavlat tashkilotlar koalitsiyasi e’tiborni paxta dalalarida bolalarni majburiy ishlatish hollariga qaratishni so’ramoqda.

Yevropa Ittifoqi o’z qadriyatlari, jumladan inson huquqlari e’zozlanishi uchun O’zbekiston hukumatini konkret choralar ko'rishga undashi lozim, deyiladi xatda.

Fuqaro jamiyati rivoji uchun hissa qo’shish Yevropa oldidagi burch ekani ham eslatiladi.  Erkinlik talabi olg’a surilishi kerak, deydi faollar.

Human Rights Watch nazarida O’zbekiston hukumati Xalqaro Mehnat Tashkilotiga boshqa yo’q deya olmaydi. Mana bir necha yildirki, Islom Karimov va uning ma’muriyati bu muassasaga eshikni ochmay kelmoqda. O’tgan yilgi mavsumda vaziyatni kuzatgan va tashqi dunyoga bu borada ma’lumot bergan faollar tazyiqqa uchragan, xavfsizlik organlari tomonidan bosim ostiga olingan edi.

Xalqaro Mehnat Tashkiloti BMT qoshidagi agentlikdir

“Bolalarni qul sifatida ishlatish va katta yoshdagilani ham paxta terishga majburlash amaliyotiga faqatgina Xalqaro Mehnat Tashkiloti va fuqaro jamiyati aralashuvi bilan chek qo’yish mumkin”, - deydi Joanna Evart-Jeyms, Qulchilikka qarshi xalqaro tashkilot (Anti-Slavery International) vakili.

Yevropa Ittifoqiga murojaat qilayotgan koalitsiyaga huquq, kasaba, sanoat, savdo, sarmoya va boshqa turdagi 20 tashkilot va muassasalar kiradi. Shu mazmundagi xat 24-aprelda AQSh Davlat kotibasi Xillari Klintonga ham yo’llangan edi.

Yevropa parlamenti, deyiladi Human Rights Watch chiqargan bayonotda, O’zbekiston bilan hamkorlikda paxta va bolalar masalasiga alohida va jiddiy ahamiyat qaratishi, dalalarda inson huquqlari muntazam ravishda buzilishiga ko’z yummasligi kerak.

http://www.voanews.com/uzbek/news

  
2084 kez okundu

Yorumlar

Henüz yorum yapılmamış. İlk yorumu yapmak için tıklayın
Saat
Takvim
Döviz Bilgileri
AlışSatış
Dolar5.87655.9000
Euro6.52106.5471